
Husanovga qiziqish bildirgan PSJ ukrainalik himoyachi variantini xam ko‘rib chiqmoqda
Frantsiyaning PSJ klubi "Bornmut" va Ukraina milliy terma jamoasining markaziy himoyachisi Ilya Zabarniyga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "L'Equipe" nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Zabarniyning klubga o‘tishi parijliklar tarkibida rossiyalik darvozabon Matvey Safonov o‘ynayotgani sababli murakkablashishi mumkin. Ta’kidlanishicha, futbolchilarning potentsial hamkorlikdagi o‘yini bo‘yicha shaxsiy fikrlari noma’lum.
22 yoshli Zabarniy 2023 yilda "Bornmut" safiga qo‘shilgan. Joriy mavsumda u Angliya klubi uchun barcha musobaqalarda 16 ta o‘yin o‘tkazgan, biroq natijaviy harakatlar qayd etmagan. Himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Mashhur Transfermarkt internet-portali ma’lumotlariga ko‘ra, Zabarniyning taxminiy qiymati 38 million evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Parij klubi legionerimiz Abduqodir Husanovga qiziqish bildirayotgan edi.
Fikrlar