Husanov uchun kurash boshlandi! Evropa grandlari “Lans”ga keldi...

  • 7 noyabr, 2024, 21:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinlashib kelayotgan oldindagi ikki transfer bozorida “Lans” 20 yoshli markaziy himoyachi Abduqodir Husanovni o‘z tarkibida saqlab qolishi qiyin bo‘ladigan ko‘rinadi.

Tecno

Evropa matbuoti bir necha nomdor klublar O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinchisi transferi bo‘yicha amaliy harakatlarni boshlab yuborgani haqida yozmoqda.

Sports.uz portali nufuzli manbalarning legionerimiz transfer bo‘yicha chiqarayotgan axborotlarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola qiladi.

JEUNESFOOTEUX.COM:

PSJ bilan o‘yinda maydondan chetlatilganiga qaramay, “Lans” himoyachisi Abduqodir Husanov transfer maqsadida parijliklarning nishonida bo‘ladi.

O‘zbek futbolchisi Evropaning grand klublari skautlari nazariga tushgani ancha bo‘ldi. O‘zaro uchrashuvda Ashraf Hakimiga nisbatan qo‘pol o‘ynagani uchun qizil kartochka olgani PSJ, “Chelsi”, “Tottenxem” kabi qudratli klublarni 20 yoshli futbolchiga bo‘lgan qiziqishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi vakili kelajagi porloq va ko‘p narsaga qodir futbolchi sifatida PSJ sport direktori Luish Kampush e’tiborini qozongan.

ALLEZLENS.FR:

Kevin Danso va Abduqodir Husanov tez orada “Lans”ni tark etishi mumkin. Joriy mavsumda “Lans” chempionatdagi eng yaxshi himoya chizig‘ining ishonchli o‘yini tufayli musobaqa jadvalining yuqori qismida bormoqda.

Kevin Danso La Voix des Sports nashriga bergan intervyusida kelasi mavsum lansliklar tarkibida bo‘lmasligini, yaxshi taklif tushsa, joriy chempionat o‘rtasida ham “Lans”dan ketishi mumkinligini ta’kidladi.

Shu bidan birga Husanov ham boshqa ligalarga yo‘l olish ehtimoli katta. Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, “Chelsi” va “Tottenxem” mutasaddilari “Lans” va “Lill” o‘rtasidagi derbiga tashrif buyurib, o‘zbek futbolchisining o‘yini bevosita kuzatgan va tegishli ma’lumotlarni olgan.

Agar Danso va Husanov bilan birga darvozabon Bris Sambaning kuchliroq klubga ketish ehtimoli yuqoriligini inobatga olsak, bu transferlar amalga oshgan taqdirda “Lans” asosiy aktivlarining o‘rnini qoplash uchun kelasi yozda himoya chizig‘ini to‘liq qayta tashkil qilishiga to‘g‘ri keladi.

HOMMEDUMATCH.FR:

Frantsiya chempionatida birorta futbolchi “Lans” himoyachisi Abduqodir Husanov singari yuqori va barqaror statistik ko‘rsatkichlarni qayd eta olmayapti.

Joriy mavsumda 20 yoshli himoyachi jamoasining haqiqiy tayanchiga aylanib qoldi. Uning o‘yini Angliya Premer-ligasi klublarini qiziqtirib qo‘ydi. Transferlarga oid yangiliklarda Husanovning nomi tez-tez aylana boshladi.

Nomi ancha tanilib qolgan Husanov Angliya klublari, xususan, “Chelsi” yoki “Tottenxem” taklifini qabul qilsa, bu transfer “Lans” uchun yangi moliyaviy imkoniyatlarni ochadi. Bugungi kunda Abduqodir Husanov lansliklarning eng qimmat aktiviga aylanib bo‘ldi.

Shu bois, Husanov Angliya Premer-ligasiga yo‘l oladigan bo‘lsa, bu transfer “Lans”ga yaxshigina daromad keltirishi mumkin. “Lans” bosh murabbiyi Uill Still esa, hech bo‘lmaganda shu mavsum oxirigacha o‘zbek futbolchisini jamoada saqlab qolmoqchi.

FOOT11.COM:

Frantsiya chempionatida eng mustahkam himoya chizig‘iga ega bo‘lgan “Lans” keyingi transfer oynasi vaqtida bir necha o‘yinchilaridan ayrilishi mumkin. Angliya Premer-ligasi klublari o‘zlari qidirgan sifatli futbolchilarni shu jamoadan topdi.

Xususan, “Chelsi” va “Tottenxem” o‘tgan yili Belarus chempionatidan 100 ming evroga transfer qilingan Abduqodir Husanovni tanladi. “Lans” kashfiyotiga aylangan bu himoyachi O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida ham 16 ta uchrashuvda qatnashib ulgurdi.

PSJ bilan bo‘lgan uchrashuvda keskin o‘ynagani uchun maydondan chetlatilganiga qaramay, Husanov “Lans”ning eng mahoratli futbolchilaridan bo‘lib qolaveradi.

La Voix du Nord nashri ham 20 yoshli o‘zbek legioneri Angliya Premer-ligasi klublarini qiziqtirib qo‘yganini tasdiqladi. “Lans” bilan 2027 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma bilan bog‘langan Husanovni o‘tgan yozdan beri “Pari Sen-Jermen” ham sinchkovlik bilan kuzatib kelmoqda.

Husanovning transferi “Lans” uchun yangi rekord bo‘lishi kutilmoqda

Legionerimiz Italiyada o‘ynay oladigan futbolchi borligini aytdi

Husanovni Angliya grandlari safida ko‘ramizmi? Jarayon boshlandi...

Raqiblar Fayzullaev tufayli beshta sariq kartochka oldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Imomali
07/11/2024 09:13
Hudo aytgani buladi lekin HUSANOV ni omadini berish