Husanov ortidan “top-5” ligaga ketadigan futbolchimiz nomi aytildi

  • 2 fevral, 08:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbek futboli tarbiyalanuvchilari sekin-asta Evropaning etakchi ligalarini zabt etishga urinmoqda. Bugungi kunda Abduqodir Husanov “Manchester Siti” safiga qo‘shilgan bo‘lsa, Eldor Shomurodov faoliyatini “Roma”da davom ettirishi hal bo‘ldi.

Tecno

Ayniqsa, 20 yoshli Abduqodir Husanovning Angliya chempioni bilan shartnoma imzolagani katta shov-shuv bo‘ldi. O‘z navbatida, bu o‘yinchimizning jahonning jng nufuzli ligasiga ko‘chib o‘tgani o‘zbek futboliga yaxshigina reklama bo‘ladi. Buning uchun esa, legionerimiz “shaharliklar” jamoasida o‘z o‘rnini topishi, Frantsiya ligasida amalga oshirgan ishlarini Angliyada takrorlashi talab etiladi.

Keyingi yillarda Evropaga yo‘l olish imkoniyati yuqori sanalayotgan o‘zbek futbolchilaridan biri Abbosbek Fayzullaev hisoblanadi. 21 yoshli hujumkor futbolchiga Germaniya, Italiya, Ispaniya va Frantsiya klublaridan qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar ko‘p tarqatildi.

Ayni paytda Rossiya Premer-ligasida to‘p tepayotgan futbolchimizning Evropaga ketish imkoniyatiga Moskvaning “Lokomotiv” klubi sobiq prezidenti Nikolay Naumov munosabat bildirdi.

- TsSKA klubi Abbosbek Fayzullaevni Evropaga transfer qilish ehtimoli katta. Buning uchun o‘zbek legioneri o‘yinini yanada kuchaytirishi lozim. Chunki keyingi paytda o‘yinida biroz pasayish kuzatildi. Agar u avvalgi darajasiga ko‘tarilsa, kuchli ligalarga ketishi aniq.

Evropada Abbosga e’tibor qaratishgan, uni kuzatib kelishyapti. Fayzullaev Evropa darajasidagi o‘yinchi. Qolaversa, O‘zbekiston milliy terma jamoasida ham muvaffaqiyatli o‘ynayapti va shu bois, doim skautlar kuzatuvida. Uning salohiyati yuqori.

Agar Abduqodir Husanov “Manchester Siti”da yaxshi o‘ynab ketsa, o‘zbek futbolchilari uchun juda yaxshi reklama bo‘ladi. Ko‘pincha shunday bo‘ladi, bir o‘yinchi ortidan boshqalarga ham e’tibor qarata boshlashadi.

Husanov yaqinda Belarusda to‘p tepardi, afsuski, biz ko‘pinchi o‘yinchilarning salohiyatini o‘z vaqtida payqay olmaymiz, uni ko‘rmay qolamiz. Rossiya Premer-ligasi Abduqodirni qo‘ldan chiqardi, uni shu erga olib kelish kerak edi.

Fayzullaev masalasiga kelsak, Abbos Evropaning istalgan klubida paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, nega “Manchester Siti”ga bormasligi kerak? Har narsa bo‘lishi mumkin. “Siti” Husanov va Fayzullaevdan iborat o‘zbek tandemini kuzatish juda qiziq bo‘lardi. Lekin bunday bo‘lish ehtimoli juda kam, - dedi Nikolay Naumov.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2023 yilning avgustida TsSKA safiga qo‘shilganiga qadar, hujumkor futbolchi O‘zbekiston Superligasida muvaffaqiyatli faolt yuritgan.

Abduqodir Husanov futbol sir-asrorlarini “Bunyodkor” akademiyasida o‘rgangan bo‘lsa-da, professional faoliyatini Belarusda “Energetik-BGU” jamoasida boshladi. Bu jamoa bilan shartnoma imzolaganidan bir yil o‘tib, Husanov Frantsiya chempionati vakili “Lans”ga ko‘chib o‘tdi. Bu jamoada bir yarim yil o‘ynab, o‘z salohiyatini namoyish qildi.

“Manchester Siti” o‘zbek himoyachisini qo‘lga kiritish uchun bonuslar bilan qo‘shib hisoblaganda jami 50 million evrodan voz kechishiga to‘g‘ri keldi.

Shomurodov masalasi hal bo‘ldi!
Ana xolos: Husanovga Gvardiola o‘rniga boshqa murabbiy ustozlik qilishi mumkin
Shomurodovni bezovta qilmang! Eldor bo‘yicha “Roma”ga bosim bo‘lyapti...
Shomurodovning tarafdorlari oyoqqa turdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кахрамон Санаев
02/02/2025 11:44
Ҳамма вақт ўрислар бизни ўзбек футболчиларга паст назар билан қараб келишган. Агар Ҳусанов ҳам Россияда ўйнганида ҳозирги даражага чиқаолмас эди.
&
Abdulboriy Dilshodbekovich
02/02/2025 09:12
Xusanov Agarda Rossiya chempionatida o‘ynayotgan bo‘lganida hozir Evropada bo‘lmas edi.
Baxil Alihuja
02/02/2025 10:25
рассияга уйнаган уйинчиларимизни 99%и захирада утириб колиб кетган. Шомуродов агарда рассияга бормаганда, аввалрок топ5 га утар ва аввалрок машхур булар эди.
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
02/02/2025 17:09
Agar Sitiga Fayzullayev kelib qolsa juda ham mos unga bu jamoa asosan payda paslar bilan o‘ynaydi Abbos ham shu taktikani sevadi
&
Алишер Ходжаев
04/02/2025 11:35
Бизда агентлар йук шуларни топ лигаларда йуналтирадиган россияда боришади захирада утириб уйининг йукотадилар
&
Алишер Ходжаев
04/02/2025 11:32
Шу учта футболчидан бошка йукми силарга ха деб шулари айтаверасанлар бизда топ лигаларда бемалол уйнай оладиган 3 та эмас Камида 12 футболчи бор кузларингни каттарок очларинг курасанлар