Husanov endi bu "taxt"ni hech kimga bermasa kerak...

  • 11 dekabr, 2024, 20:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Transferlarga ixtisoslashgan transfermarkt.world portali Frantsiya chempionati yuqori divizionida faoliyat yuritayotgan futbolchilardan 306 nafarining transfer narxlarini yangiladi.

O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiborini tortgan o‘zgarishlardan biri “Lans”da o‘ynayotgan Abduqodir Husanovning transfer summasi keskin ko‘tarilgani bo‘ldi. 20 yoshli himoyachimizning transfer narxi 5 million evrodan 12 million evroga ko‘tarildi.

Bungacha o‘zbekistonlik charm to‘p ustalari orasida eng qimmatbaho o‘yinchilar o‘rtasida Eldor Shomurodov bilan ikkinchi o‘rinni bo‘lishib turgan Abduqodir Husanov endi birinchi pog‘onani yaqin yillar davomida hech kimga bermasa kerak.

Transfermarkt portali ekspertlari ayrim o‘yinchilarning narxini yangilagani Markaziy Osiyodagi eng qimmatbaho futbolchilar reytingiga ham ta’sir o‘tkazdi.

Quvonarlisi shundaki, mintaqaning eng qimmat futbolchilari reytingining yuqori pog‘onalari o‘zbek charm to‘p ustalari tomonidan band qilindi.

“Top-10” quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. Abduqodir Husanov (O‘zbekiston), “Lans” Frantsiya – 12 million evro.

2. Abbosbek Fayzullaev (O‘zbekiston), TsSKA Rossiya – 6 million evro.

3. Eldor Shomurodov (O‘zbekiston), “Roma” Italiya – 5 million evro.

4  Baxtiyor Zaynutdinov (Qozog‘iston), “Beshiktosh” Turkiya – 4 million evro.

5. Nurali Alip (Qozog‘iston), “Zenit” Rossiya – 3 million evro.

6. Oston O‘runov (O‘zbekiston), “Persepolis” Eron, Otabek Shukurov (O‘zbekiston), “Al-Feyha” Saudiya Arabistoni  –  2,5 million evro.

7. Jaloliddin Masharipov (O‘zbekiston), “Istiqlol” Eron – 1,7 million evro.

8. Abduvohid Ne’matov (O‘zbekiston), “Nasaf”;  Husniddin Aliqulov (O‘zbekiston), “Rizespor” Turkiya; Hojimat Erkinov (O‘zbekiston), “Al-Vahda” Birlashgan Arab Amirliklari – po 1,5 million evro.

9. Akmal Mozgovoy (O‘zbekiston), “Nasaf” – 1,3 million evro.

10. Rustam Yatimov (Tojikiston), “Rostov” Rossiya; Odiljon Hamrobekov (O‘zbekiston), “Navbahor”; Sherzod Nasrullaev (O‘zbekiston), “Nasaf”; Maksim Samorodov (Qozog‘iston), “Axmat” Rossiya – 1,2 million evro.

Reytingdan ko‘rinib turibdiki, o‘zbek futbolchilaridan 12 nafarining transfer summasi bir milliondan oshgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Qozog‘istonda uch nafar, Tojikistonda bir nafar o‘yinchi bor. Turkmaniston va Qirg‘iziston futbolchilari reytingning yuqori qismidan joy olgani yo‘q.

“Navbahor”da ishlagan murabbiy Fayzullaevga Evropada yordamlashadigan futbolchi topib berdi

Eldorni nimalar kutmoqda? Shomurodovga oid so‘nggi yangiliklar

Fayzullaev, Ispaniyani tanla!

Katta pul kerak: Husanov “Lans”ni qutqaradimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!