
Husain Norchaev jarohat oldi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Husayn Norchaev mashg‘ulotlar payti jarohat oldi. Shu sababli bugungi Iordaniyaga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Bu haqda O‘FA matbuoti xabar berdi.
Shifokorlarning tavsiyasiga ko‘ra, Norchaevning jarohatdan tiklanish jarayoni Toshkentda davom ettiriladi.
Ma’lumot uchun, birozdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi va Iordaniya o‘rtasidagi bahs start oladi. Qatarga kelgan tarkibdan Jahongir O‘rozov va Husain Norchaevlar ishtirok eta olmaydi.
Fikrlar