Hurshidbek Tojiboev filippinlik bokschiga qarshi jang o‘tkazadi

  • 10 oktabr, 2019, 17:19
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksda faoliyat yuritayotgan yana bir hamyurtimiz, Rio Olimpiadasi ishtirokchisi Hurshidbek Tojiboev navbatdagi jangini 12 oktyabr kuni o‘tkazadi. U Qozog‘istonda tashkil etiladigan boks oqshomida ringga ko‘tariladi. Unga filippinlik Ivor Lastrilla raqiblik qiladi. Filippinlik charmqo‘lqop ustasi profi ringda 19 ta jang o‘tkazib, ularning 7 tasida g‘alaba qozongan. 11 bora mag‘lubiyatga uchrab, bir bora durang qayd etgan. Ushbu jang reyting maqomida bo‘lib, 8 raunddan iborat bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz: Hurshidbek profi ringda 2 ta jang o‘tkazib, ularda g‘alaba qozona olgan. Mazkur jang faoliyatidagi uchinchisi bo‘ladi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!