
"Humo" eng ko‘p muxlis to‘plagan 101 jamoa qatoridan joy oldi
Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) Evropa mamlakatlari milliy chempionatlaridagi eng ko‘p muxlis to‘plagan 100 jamoasi nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Shveytsariyaning "Bern" klubi birinchilikni qo‘lga kiritdi (16237 tomoshabin). Sankt-Peterburgning SKA jamoasi bu borada ikkinchi (13594) bo‘lgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Germaniyaning "Kyolner Xaye" (13333) klubi yakunladi.
E’tiborlisi, Rossiya xokkey federatsiyasi shafeligidagi Oliy Xokkey ligasida ishtirok etayotgan Toshkentning "Humo" jamoasi mazkur ro‘yxatning 101-pog‘onasidan joy oldi. "Qanotlilar"ning "Humo-Arena"dagi uy uchrashuvlariga o‘rtacha 3680 nafar muxlis tashrif buyurdi.
Fikrlar