Hujumchining “Roma”dagi kelajagi mavhum

  • 1 aprel, 2023, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” hujumchisi Temmi Abraxam faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha hali bir qarorga kelgani yo‘q.

Tecno

Italiyadagi ikkinchi mavsumida 25 yoshli hujumchi kutilgan o‘yinni namoyish qila olmayapti. Uning Angliyaga qaytib ketishi mumkinligi aytilmoqda.

- Hozir bor e’tiborimni “Roma”ga qaratganman va mavsumni jamoa bilan qanday qilib yuqori darajada yakunlash haqida bosh qotiryapman. Tezroq Angliyaga qaytishim kerak, degan maqsadim yo‘q. U erda yakunlanmagan ishlarim qolmagan.

Balki “Roma”dayana o‘n yil qolarman yoki tez orada ketib qolishim mumkin. Oldinda seni nimalar kutayotganini bilib bo‘lmaydi, - dedi Temmi Abraxam.

Rim klubi “Chelsi” tarbiyalanuvchisini 2021 yilning yozida 40 million evroga transfer qilib, 2026 yilning yozigicha shartnoma tuzgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!