Hujumchimizni “Roma”da qoldirmaymiz!
Angliya futbolini yoritib borayotgan bir necha manbalar, xususan, The Athletic nashri “Chelsi” rahbariyati “Roma”ga sotib yuborilgan Temmi Abraxamni orga qaytarish borasida jiddiy o‘ylanayotganini ma’lum qildi.
Klub tarbiyalanuvchisi 2021 yilning yozida jamoaga Romelu Lukaku kelishi munosabati bilan “Romaga 40 million evroga transfer qilingandi.
Shartnomada “aristokratlar” 2023 yilning yozida Abraxamni 70,8 million funt evaziga qayta sotib olishi haqida band bor. Londonliklar shundan foydalanmoqchi.
Biroq, masalaning ikkinchi tomoni bor. Abraxam Italiyadagi ikkinchi mavsumida u qadar ishonchli o‘ynay olmayapti. Bu tabiiy ravishda uning transfer summasiga ta’sir qilmoqda. Hozir Temmi 80 million evroga tortmaydi.
“Chelsi” o‘z tarbiyalanuvchisini qaytarish uchun ikki baravar narx to‘lashga rozi bo‘larmikin?



Fikrlar