Hujumchi shunday bo‘lishi kerak! Legionerimiz yana g‘alaba golini urdi

  • 10 fevral, 2021, 21:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumga Birlashgan Arab Amirliklarida tayyorgarlik ko‘rayotgan Belarus chempioni – Soligorskning “Shaxtyor” jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasidagi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinida Rossiyaning quyi divizioni vakili “Rodina” futbolchilari bilan kuch sinashdi.

Tecno

Bellashuvda soligorskliklarga g‘alaba keltirgan golni o‘yin yakunlanishi arafasida o‘zbekistonlik legioner Shahzod Ubaydullaev kiritdi. Hamyurtimiz jarima zarbasini to‘g‘ri darvoza to‘riga joyladi.

“Shaxtyor” (Belarus) – Rodina (Rossiya, D3) – 1:0 (0:0)

10 fevral. 15:00. Dubay

“Shaxtyor”: Chernik, Shevchenko, Politevich (k), Xadarkevich, Makarenko, Korzun (Szoke 57), Diasamidze, Zabelin (Sotnikov, 46, Sotnikov, 78), Ivanovich (Okeuxi, 66), Podstrelov (Axmedi, 66), Shindagoridze (Ubaydullaev, 46).

Gol: 1:0 — Ubaydullaev (92-daqiqa)

Eslatib o‘tamiz, Shahzod Ubaydullaev “Shaxtyor”ning “Pyunik” (Armaniston) jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvida ham raqib darvozasiga hal qiluvchi golni urib, jamoasiga 3:2 hisobida g‘alaba keltirgandi.  

Undan oldin esa, Shahzod Ubaydullaev “Shaxtyor”ning Birlashgan Arab Amirliklari vakili – “Liva” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvida ham gol urib, soligorskliklarning 4:0 hisobidagi g‘alabasiga munosib hissa qo‘shgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!