Hozircha 7 terma jamoa Jahon Chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

  • 26 mart, 03:13
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 2026 yilgi Jahon chempionati AQSh, Meksika va Kanada yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Ushbu Mundialda ishtirok etadigan ettita jamoa allaqachon aniqlandi. AQSh, Kanada, Meksika, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Eron va Argentina navbatdagi turnirda qatnashishi aniq bo‘lib ulgurgan. Ushbu ro‘yxatdagi dastlabki uch jamoa turnir mezboni sifatida jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Yana to‘rtta jamoa saralash orqali yo‘llanma oldi.

2026 yilgi jahon chempionatida ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Ulardan 16 tasi UEFA, 9 tasi KAF, 8 tasi OFK, 6 tasi KONMEBOL va KONKAKAF, 1 tasi OFK. Qit’alararo pley-off bosqichida yana ikkita o‘rin uchun kurash olib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilgi so‘nggi jahon chempionatida Argentina terma jamoasi g‘alaba qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Faxriddin
26/03/2025 14:01
Ўзбекистон терма жаомаси деярли путёвкани ҳал қилди. БААни ютса ёки дуранг ўйнаса бўлди. Демак 2026 йилда биз мухлислар Америка қитъасига футбол кўргани борамиз!