
Hozir shu darvozabonlardan zo‘ri yo‘q
Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) ekspretlari dunyoning eng yaxshi va qimmatbaho darvozabonlari reytingini tuzib chiqdi.
Unga ko‘ra, birinchi o‘rinni “Arsenal” posboni Aaron Remsdeyl egalladi. Bu futbolchi hali hech qachon darvozabonlar reytingida eng yuqori pog‘onaga ko‘tarilmagan.
Kuchli beshlikka kiritilgan birinchi raqam egalaridan uchtasi Angliya Premer-ligasi vakillaridir.
Reyting bilan tanishing:
Aaron Remsdeyl (“Arsenal”) - 78,6 mln evro
Janluiji Donnarumma (PSJ) - 75,3 mln evro
Alisson Bekker (“Liverpul”) - 66,8 mln evro
Diogu Koshta (“Portu”) - 65,3 mln evro
Ederson (“Manchester Siti”) - 56,9 mln evro.
Fikrlar