Hindiston futbolchilari Osiyo kubogida O‘zbekistonni qanday yutmoqchi?

  • 17 yanvar, 2024, 20:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatar mezbonligidagi Osiyo kubogi guruh bosqichida Hindiston milliy terma jamoasi O‘zbekiston futbolchilari bilan birga “V” kvartetidan o‘rin olgan.

Tecno

Har ikki terma jamoa bo‘lajak uchrashuvlarga puxta tayyorgarlik ko‘rishga harakat qilmoqda.

Sportni yoritishga ixtisoslashgan worldsportsgallery.com sayti Hindiston terma jamoasining Osiyo chempionatidagi ishtiroki va aynan O‘zbekiston futbolchilari bilan bo‘ladigan ikkinchi tur uchrashuviga e’tibor qaratdi.

IMG_0531

Futbol statistikasiga ixtisoslashgan manbalarda, xususan, wikipedia.org saytida bu ikki mamlakat terma jamoalari o‘zaro beshta uchrashuvda qatnashgani qayd etilgan. Shu to‘qnashuvlardan to‘rttasida o‘zbek futbolchilari g‘alaba qozongan va bir uchrashuvda durang qayd etilgan.

Yagona durang – 2:2 hisobi qayd etilgan o‘yin 1997 yili Neru kubogi doirasida o‘tkazilgan bo‘lib, unda mezbonlarning milliy terma jamoasiga qarshi 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarimizdan tarkib topgan jamoa to‘p tepgani qayd etilgan.

Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi so‘nggi bellashuv 2001 yili Merdeka kubogida yuz bergan va unda markaziy osiyoliklar 2:1 hisobida zafar quchgan. O‘sha xalqaro turnir O‘zbekiston terma jamoasi g‘alabasi bilan yakunlangan.

Hindiston futbolchilari o‘zbekistonliklar bilan 23 yillik tanaffusdan so‘ng endi Osiyo kubogida o‘zaro kuch sinashadi. Hindistonliklar bu gal uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ular ilk bor O‘zbekiston milliy terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratishga urinib ko‘radi. Chunki ular o‘zbeklar bilan raqobatda hali birorta marta zafar quchmagan.

Bu galgi uchrashuv 18 yanvarga belgilangan. O‘zbekiston milliy terma jamoasida Eldor Shomurodov yo‘qligi bois etakchilikni Jaloliddin Masharipov o‘z zimmasiga oladi. Hindiston terma jamoasida lider vazifasini Sunil Chxetri bajaradi.

FIFA reytingidan kelib chiqsak, Hindiston terma jamoasi O‘zbekistondan ancha ortda qolib ketgan. Hindlar reytingni 102-pog‘onasida qayd etilgan, O‘zbekiston esa 68-qatordan joy olgan.

Ko‘p omillarni hisobga olib, Hindistonni bo‘lajak uchrashuvda juda ko‘p qiyinchiliklar kutib turibdi va ular shunga yarasha tayyorgarlikni puxta qilishi talab etiladi.

Hindiston o‘z tarixida biror marotaba Osiyo kubogini qo‘lga kirita olmagan. Bu terma jamoa besh marta musobaqaning final bosqichiga chiqa olgan.

Hindlar 1964, 1984, 2011, 2019 va 2023 yilga belgilangan Osiyo kuboglariga yo‘llanmani naqd qilgan, - deb yozmoqda worldsportsgallery.com sayti.

Eslatib o‘tamiz, “V” guruhidan bu ikki terma jamoadan tashqari Suriya va Avstraliya futbolchilari ham joy olgan.

Hindiston terma jamoasi 13 yanvarga belgilangan birinchi tur uchrashuvini guruh favoriti sifatida tan olinayotgan Avstraliyaga qarshi o‘tkazadi.

india-football-team-1685679822

Shu kuni Srechko Katanets boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi suriyalik charm to‘p ustalariga qarshi saf tortadi.

O‘zbek futbolchisiga Angliyadan e’tibor bo‘ldi

“Quruq seriya” Shomurodovga qimmatga tushishi mumkin...

“Barsa”da Yamal, bizda Fayzullaev!

O‘zbekistonning Osiyo kubogidagi raqibi Suriya Rossiyadan Fayzullaevni yaxshi biladigan futbolchini chaqirdi!

Nihoyat, Fayzullaev muxlislar va mutaxassislarga murojaat yo‘lladi

Fayzullaev eng muhim voqeani aytdi

Fayzullaev raqib ustiga qo‘rqmay bostirib boradigan futbolchi!

Fayzullaev bo‘lmaganida ahvol yana ham og‘irlashardi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abdushukurov Odilbek
08/01/2024 21:55
Hindiston raqs yoki ashula bo'yicha bo'lsa, bizni yutadi...
&
mirzohid1992
10/01/2024 22:23
Xindlardan oldin suriya haqida o'ylash kk . Hindlarni o'ziyam biladi uzb kuchliligini. Agar suriyaga yutqazsak guruhdan chiqish qiyin bo'ladi
Rahim Hudayberganov
18/01/2024 14:03
Аббос бугун сени бугун Узбекистан кутали цскадаги уйиннингди
&
Alsher
11/01/2024 14:59
Birinchi òrinda uriya turiptiku keyin hindlarga navbat allbatta yutamiz xudo xolasa avstraliyaniyam yutamiz birinchi biz bulamiz xudo xolasa
Ishoq Ruziev
08/01/2024 23:58
Hindlarga qutoo bormi osiyo kubogida
&
Muratbay
08/01/2024 21:58
Узбекстан Осия кубогини ютишга ердам бераман омад келтирадиган инсанман тел 998949893525 Мурат