Here we go! Varan - "Komo" futbolchisi

  • 22 iyul, 2024, 16:33
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" va Frantsiya milliy terma jamoasining sobiq o‘yinchisi Rafael Varan Italiyaning “Komo” klubi safiga ko‘chib o‘tdi. Bu xabarni taniqli jurnalist va insayder Fabritsio Romano ham tasdiqladi. 

Tecno

Shartnoma 2 yil muddatga imzolandi. Kelishuvni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud. Avvalroq futbolchiga “Inter Mayami” ham jiddiy qiziqish bildirgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, “Komo” jamoasini ayni damda ispaniyalik sobiq futbolchi Sesk Fabregas boshqarmoqda. Klub bu yil o‘z tarixida ilk marotaba A Seriya bellashuvlarida ishrtirok etadi. Shu sabab jamoa raxbariyati yaxshi saviyadagi ijrochilarni o‘z safiga qo‘shib olishga xarakat qilmoqda. Alberto Moreno, Patrik Kutrone, Pepe Reyna, Andrea Belotti singari yaqin o‘tmishning yulduzlari allaqachon italyan klubi bilan rasmiy shartnoma imzolab bo‘lganlar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!