
Here we go! Joshua Zirkze "Manchester Yunayted" futbolchisi
"Manchester Yunayted" o‘z tarkibiga niderlandiyalik hkjumchini qo‘shib olishga yaqin turibdi.
Fabritsio Romano xabar berishicha, "qizil iblislar" Joshua Zirkze bo‘yicha "Bolonya" bilan kelishib oldi. Klub 23 yoshli straykerning tovon puli bo‘lmish 40 million evroni to‘lashga rozi bo‘ldi.
Qo‘shimcha qilish kerak, futbolchi bilan "Manchester Yunayted" 5+1 ko‘rinishda shartnoma imzolaydi. Tez orada Zirkze tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Angliyaga yo‘l oladi.
Fikrlar