
Hech qachon “Manchester Yunayted”da o‘ynamayman
Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Emre Jan yanvar oyida “Manchester Yunayted”ga o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.
- Men hech qachon “MYu”da o‘ynamayman. Chunki avval “Liverpul”da to‘p surganman. Qalbim bunga yo‘l qo‘ymaydi. “Manchester Yunayted” va “Liverpul” o‘rtasida kuchli raqobat bor, - dedi turk millatiga mansub germaniyalik futbolchi.
26 yoshli futbolchi o‘z faoliyatida davomida “Bavariya”, “Bayer” va “Yuventus”da ham o‘ynagan.
Fikrlar