Hech bir terma jamoa penaltilar seriyasida bu qadar ko‘p yutqazmagan

  • 12 iyul, 2021, 15:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi “Evro-2020” finalida penaltilar seriyasiga ko‘ra Italiyaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa inglizlarning qit’a chempionatlarida penaltilar seriyasida yutqazgan o‘yinlari soni 4 taga etdi.

Tecno

UEFA rasmiy saytining xabar berishicha, Evropa chempionatlari tarixida hali hech bir terma jamoa penaltilar seriyasida bu qadar ko‘p mag‘lub bo‘lmagan.

Umuman olganda, jahon va Evropa chempionati kabi yirik turnirlarda Angliya terma jamoasi jami 9 marta penaltilar seriyasida ishtirok etgan. Inglizlar shularning bor yo‘g‘i 2 tasida g‘alaba qozonishgan xolos.

Angliya o‘z tarixida birinchi marta Evropa chempionligini qo‘lga kiritishi mumkin edi. Biroq, Italiya bunga imkon bermadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!