Hasanboy Do‘smatov g‘alabali odimini davom ettirmoqda!

  • 17 avgust, 2022, 18:16
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Chechenistonning Grozniy shaxrida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan, boks bo‘yicha  Axmat-Xoji Qodirov xotira turniri start olgan va unda o‘zbekistonlik charmqo‘lqop ustalari ham ishtirok etmoqda. Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan yarim final bahslarida 5 nafar yurtdoshimiz ringga ko‘tariladi. Ulardan dastlabkisi o‘z yakuniga etdi. -54 kg vaznda ishtirok etayotgan Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov mezbonlar vakili Islom Abdumuslimovni mag‘lub etdi. Oldinda bizni yana 4 nafar hamyurtimizning ishtiroki kutib turibdi.

Tecno

 -60 kg: Dilshod Abdumurodov - Alan Borsov (KBR)

-63,5 kg: Ruslan Abdullaev - Tamerlan Ayubov (Checheniston)

-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev - Arman Nurasilov (Qozog‘iston)

-86 kg: Shohjahon Abdullaev - Ilyas Danilov (Checheniston)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!