
"Har bir kunimdan zavq olishni istayman" - Nadal faoliyatini yakunlashi to‘g‘risidagi savolga javob berdi
Frantsiya ochiq chempionati - "Rolan Garros" chorak finalida Rafael Nadal o‘zining azaliy raqibi Novak Jokovich ustidan 4 setda g‘alaba qozondi. Ispaniyalik raketka ustasi mazkur bahsdan so‘ng faoliyatini yakunlash haqidagi savolga javob berdi:
"Nima bo‘lishini bilmayman. Aytganimdek, turnirni yuqori kayfiyatda o‘tkazmoqchiman, chunki unga tayyorgarlik jarayonida juda ko‘p mehnat qildim. Oyog‘imda og‘riq bor. Unga davo topmasam, men uchun juda qiyin bo‘ladi. Ungacha har bir kunimdan zavf olimshni istayman. Kelajak haqida o‘ylagim kelmayapti".
Ma’lumot uchun, endi 35 yoshli sportchi yarim final doirasida Aleksandr Zverevga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar