Hamyurtimiz "Amman Junior Asian Cup" chempioniga aylandi!

  • 24 avgust, 16:07
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Iordaniya poytaxti Amman shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida "Asian Cup 2025" musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. 

Tecno

Dastlabki ikki kun o‘smirlar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar aniqlangandi. Kechadan yoshlar ishtirokidagi Osiyo Kubogiga start berildi. Ushbu yosh toifasida uch nafar o‘zbekistonlik dzyudochilar ham ishtirok etdi va quvonarlisi, ularning bari shohsupaga ko‘tarildi.   
  
Terma jamoamiz a’zosi Inoyat Telmanov -73 kg vaznda barcha raqiblarini engib, "Amman Junior Asian Cup" chempioniga aylandi.

Shuningdek, Azizbek Himmatov (-66 kg) va Kamron Abdurazzoqov (-73 kg) musobaqaning bronza medallari bilan taqdirlanishdi. Abdurazzoqov ikki kun oldin kadetlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada kumush medalga sazovor bo‘lgan edi.

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!