Hamma ayb murabbiydami?

  • 28 yanvar, 2020, 17:50
  • Bekzod Isayev
  • 19
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 8-26 yanvar kunlari Tailandda 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazildi. Ushbu musobaqada sovrindorga aylanganlar Olimpiadaga yo‘llanma olishdi.

Tecno

Chempionatda qatnashgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 4-o‘rin bilan kifoyalandi. Muhim o‘yinlarda dadillik etishmadi. Natijada yana yo‘llanmadan mosuvo qoldik.

Umidlari sarobga aylangan muxlislarning aksariyati jamoa bosh murabbiyi Lyubinko Drulovichni tanqid qilyapti, ba’zilar esa 2-3 futbolchiga e’tiroz bildirmoqda.

Biz esa chempionatdagi o‘yinlarimizga to‘xtalamiz, o‘z fikr va mulohazalarimiz bilan o‘rtoqlashamiz.

2581578570310

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi guruh bosqichida ko‘pchilikni havotirga solgani bor gap. 3 turda 3 xil natija. Eng yomoni kuchli jamoalardan 1 ochko oldik, xolos.

Dastlabki uchrashuvda Eron bilan arang durangga erishdik. Garchi birinchi bo‘lib hisobni ochsak-da, ikkinchi 45 daqiqalikda gol o‘tkazib yubordik. Bellashuvda ustunlik asosan forslar tomonida bo‘ldi. Ular xohlagan paytda bosimni oshirib, vakillarimizni ortga chekinishga majbur qilishdi.

961578570258

Xitoy bilan bahsda futbolchilarimiz tamomila boshqacha o‘yin namoyish etishdi. 2 ta gol urdik. Yana bir marta darvozani ishg‘ol etishimiz mumkin edi. Biroq Islomjon Qobibilov penaltini Jasurbek Yaxshiboevga berganida, balki bellashuv yirik hisob bilan tugashi mumkin edi.

Ammo himoyachimiz shu kuni 11 metrli jarima zarbalarining ikkinchisidan naf chiqara olmadi. Bu yaxshiyamki, jamoa sardoriga ruhiy tomondan ta’sir qilmadi.

6991578570258

Mazkur bellashuvda zaxiradan tushirgan Nurillo To‘xtasinov jamoa joniga oro kirdi. U kerakli pallada kerakli joyda paydo bo‘ldi va darvozaga chiroyli tarzda to‘p yo‘lladi.

8771578844999

Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvda ustunlik to‘laligicha raqib tomonda bo‘ldi. Ular istagan paytda hujumga o‘tishdi va gol urishdi. Baxtimizga, koreyaliklar yo‘llagan yana ko‘plab zarbalar noaniq ketdi. Aks holda kamida ikki yil avvalgi 4:1 hisobi bu safar raqib foydasiga qayd etilarmidi?!

4461579088447

Koreyaliklar 2-turda guruh bosqichidan chiqish vazifasini hal etishgandi. O‘zbekistonga qarshi bellashuvda ham ular professinallarcha harakat qilishdi. Umuman olganda, murabbiy har tur tarkibda ko‘plab futbolchilarni almashtirib turdi. Safidagi barcha o‘yinchilar asosiy tarkibga kirishga munosib ekanliklarini ko‘rsatdi. Buni jamoa ustozi ham ta’kidladi. Murabbiy qo‘l ostidagi barcha futbolchilarga imkoniyat berishga urinishini aytib o‘tdi va buni amalda isbotladi.

Bizning ustozlarimiz asosiy tarkibni almashtirishni ep ko‘rishmadi. Aynan mana shu futbolchilar bir-birini yaxshi tushunib harakat qilishlari hamda vazifani uddalashlariga ishonch bildirishdi.

Chorak finalda BAAni yirik hisobda taslim etdik. Bu uchrashuv va guruhda omad bizga ko‘p bora kulib boqqanidan qolgan bahslarda u bizdan yuz o‘g‘irgandek. Chunki xavfli vaziyatlar yaratsakda, Saudiya Arabistoni va Avstraliyaga qarshi bellashuvlarda darvozani ishg‘ol qila olmadik. Xatto 2-3 metrlardan ham.

9011579448749

Guruh bosqichida 3 o‘yinda 4 gol urdik. Ulardan ikkitasi penaltidan. Har uchrashuvda darvozani ishg‘ol qildik. Bu yaxshi. Biroq grandlarga qari bahsda nursiz o‘yin ko‘rsatganimiz, mag‘lubiyatga uchraganimiz, himoyadagi qo‘pol xatolar qimmatga tushdi.

Shu o‘rinda ko‘pchilikda bir xil savol tug‘ildi: tarkibda 23 futbolchi bo‘lgani holda nima uchun ulardan foydalanilmadi? Nega asosan bitta tarkib bilan uchrashuvlarni boshladik? Bu murojaatlarga murabbiy matbuot anjumanlarida kim tayyor bo‘lsa, shu maydonga tushganini aytdi. Balki Drulovich haqdir. Chunki u o‘yinchilarni bizdan ko‘ra yaxshi bilar. Yoki siz o‘ylagan fikrlar to‘g‘ridir.

8491579684814

Natija qoniqarli emasligi va vazifa uddanmagani nuqta’iy nazardan murabbiy aybdor. U natijaga javob beradi. Biroq uning qo‘l ostidagi jamoa yomon o‘ynamadi. Ko‘plab vaziyatlar yaratdi. Faqatgina futbolchilar imkoniyatlardan foydalana olmadi. Hujumchiga sovuqqonlik etishmadi. Jumladan Bobir Abdixoliqovga. Qolaversa, Jasurbek Yaxshiboev aksariyat hollarda o‘zini ko‘rsatish uchun o‘ynagani hech kimga sir emas. Jarima maydoni ichida sheriklari bo‘la turib, o‘zi zarba bergan paytlari ko‘p bo‘ldi. Agarda o‘z imkoniyatlarimizdan foydalanganimizda hozir hammasi boshqacha kecharmidi?! Hech kim murabbiyni nega boshqa futbolchilarni vaqtida maydonga tushirmadi, demas edi ham.

6641578576208

Vaziyatlar yaratildi, hujumlar tashkil etildi, kuchli raqiblar bilan tengma-teng ayrimlaridan ustun o‘ynadik (Janubiy Koreya bundan mustasno). Demak, murabbiy jamoa o‘yinini yo‘lga qo‘ygan. Saudiya doimgidek, o‘zining ayyor o‘yini orqali g‘alabaga erishgan bo‘lsa, Avstraliya taktika evaziga zafar quchdi.

Bu fikrlar bilan Lyubinko Drulovich aybdor emas yoki yuqorida tilgan olingan futbolchilar xato qildi, demoqchi emasman. Faqatgina bu erda xatoni mutaxassislar boricha gapirib, izohlab berishsa ayni muddao bo‘lardi. Ayniqsa, nega biz oxirgi daqiqalarda mag‘lub bo‘lishimiz va muhim qadamni tashlay olmasligimiz borasida. Kamchiliklarimizni bartaraf qilmasak, mana shunday yo‘llanmalardan chetda qolaveramiz.

Endi navbat mutaxassislarga...!!!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
АС МИЛАН
28/01/2020 18:02
Бир тийинга қиммат мураббий экан... Тўғрисиямда... Нимага доим Бобур Абдуҳолиқов ва Жасур Яхшибоевлар ҳато қилса ҳам тушираверади. Абдуллаевдаям шу ҳато.Шу бола бирорта тўғри пас берганини кўрдинами? Кечаги футбол плюс дастурини биринчи қисми негадур сайтларга чиқмади.Нимага? Дастурдаги кучли учлик "трио" қаттиқ танқид қилишган бўлса керак шунга қўйдиришмаган... Ўзбек футболи қайерга қараб кетаяпти? Шунча қилинган сарф харажатлар учун кимдур жавоб берадими? Раҳбарлар бирор оғиз гап гапиришадими ҳалқ олдига чиқиб...Доимгидек саволлар кўп, лекин жавоблар йўқ???
Дилшод Даврлнов
28/01/2020 18:00
Булар юткузгандан киеин ковлашни койилатади ковла
Кахрамонжон Сафаров
29/01/2020 09:40
Майдон ичида футболист уз фикри билан уйнайдику причём тренер ёнида унга йул курсатадиган окахонлар бор-ку нега фол очиб бахона ахтараверасизлар мана ОЧЛга давогарлик килган 2 та Тошкент командалари аутга чикиб кетди энди Сохтакор нимани эшиб берар экан бунга хам бахона тайёрлаб туринглар иложи булса алохида Тощкент супер лигасини ташкил килинглар вилоятлар узида узини хурсанд килиб юраверади, очкузлик хеч нарса бермайди агар Сугдиёна Насаф ёки Навбахор ОЧЛ йулланмаси учун уйнаганида ёриб ташлар эди так что Узбек футболи кимгадир очик тирикчилик булиб колди хали кимнидир каригиш хам уради узр просто халкни бунчалар кийнаманглар шу кетиш булса телевизорда хам Узбек футболини биров курмай куяди УФА нинг жаноблари
&
Сурхон К
28/01/2020 19:25
Келажакга яна довдир, латта ва буш палакатлар яратилаяпти. Федиратсия каеф килиб пулни еб ётаверсин. Мухлислар узини-узи ебётаверсин. Чарчама федиратсия.
Илхом Anvarov
28/01/2020 18:03
Осиё Чемпионатига бор йуги 13 у́йинчи олиб бориши керак эди Друлович, ахир билар эдику захирадаги у́йинчилар тайёр эмаслигини! Шунча харажатлар давлат томонидан, халкни пули, асаби зойя кетди. Эх атанг Узбекистонда футболчи эмас, муррабий тайёрлаш зарур. Ахир ЖЧ-2022 Катарда оркамизда нафас олиб турибдику.
Толибжон Хайдаров
31/01/2020 09:27
Вадим Абрамович охиригача Таиландда колиши керак эди
&
Sash
30/01/2020 10:26
Drulovichga qutoq bormidi. Uyinchigala uni gapiniyam tushunmaydiku kerakli vaqtda. Fedirasiya puling kupda chetga beryapsanla. Uvoli tutadiku. Nasafni bollari kup edi Ruziqul Berdievga berish kerak edi. Bobur chichib quydi. Uyam nima qilsin uzbek tiliga zurg'a tushunadigan jaydari bola. Druchkani kursatmalariga tushunmagan. Bollaga ruhiyat kayfiyat g'alabaga bulgan intilish qa'tiyat va sovuqqonlik yitishmadi. Bunga kuzini shira bosgan miyasi qotib qolgan futbolga tushunmaydigon RAHBARIYAT aybdor.
Рустам Содиков
29/01/2020 07:20
Нега О.Уруновга ухшаган 19 ёшли уйинчилар олиб борилмади. Уларни олиб борса, янаги чемпионатлаям уйнаб берарди. Тренернинг мухлисларга О. Урунов тугрисидаги турнирдан олдин бершан саволига "таркибда йук уйинчи тугрисида айтманглар" деб бершан интервьюси ёкмаган эди.
Жамоада гол ураоладиган хужумчи куринмади. Уйинлар давомида тренер тактикаси куинмади хисоби.
&
BBS UZB
28/01/2020 22:36
Drulovich oldin 3 kartani o'rgansin. Shunchaki uning xatolari futbolchilarimiz fonida u qadar ko'rinmadi. S.Arabiston va Avstraliyaga qarshi o'yinlarda minimal hisoblarda yutqazishdi, birida rekoshet, birida liderlik. Bizni hujumchilarga esa sovuqqonlik yetishmadi. Yana bir jihat, ya'ni darvozabon tanlashda imkon qadar eng maksimum yoshdagidan tanlash kerak. To'g'ri Abduvohid mahoratli, lekin, u o'zidagi hayajonni musobaqa oxirigacha yenga olmadi. ...Har holda 6:0 ga yeb qo'yishgani yo'q. Bu tragediya emas.
АС МИЛАН
28/01/2020 18:11
Таркибни танлашда юқоридан кимлардур аралашганми дейманда...Нега Остон Ўрунов олиб кетилмади...Нега Санжар Қодирқулов майдонга тушаверади терма жамоа ўйинчиси бўлгани учунми ?
Baxil Alixujaev
28/01/2020 20:07
пакана булгани учун
Ibrohim Kuziev
28/01/2020 18:11
0000000000000000 buldi
Ibrohim Kuziev
28/01/2020 18:10
iqlimni bilish kerak edi va yech bu tarkip bilan bu tarkip bilan chepon bulip bulmaydi 20 uychi radasha qilish kerak edi koreani murabisi aqli ish qildi va chepon buldi
АС МИЛАН
28/01/2020 18:07
Бекзод Исаев шунчалик танқидий мақола ёзибсиз энди ўзингиз бир дастур уюштирингчи раҳбарлар билан...Беринг ичингиздаги ва ҳалқнинг саволларини. Керак бўлса Ютубда жонли эфирда намойиш этинг. Президентимиз журналистларни ҳимоя қилишга алоҳида эътибор қаратилишини таъкидлаб ўтдилар. Қўрқмай уюштирина шунақа дастурларни. УФФ вице президенти Равшан Эрматов жавоб берсинлар энди мураббий ва ёрдамчилари билан
Кахрамонжон Сафаров
29/01/2020 09:21
Бу журналистлар латтафуруш футболчиларга ухшаб куни утганига хурсанд булиб юраверади чет элга командировкага бориб келса булди узбек тилида уйинчини исми фамилиясини айта олмайди тогдаги гапни богда гапиради агар сиз айтгандай дастур тайёрласа ишсиз колиши аник шунинг учун буйнини эгиб юраверади Равшан Эрматов эса уртадаги кукла
Ibrohim Kuziev
28/01/2020 18:06
1223r560jshxbnd
Ibrohim Kuziev
28/01/2020 18:06
hama narsa tugri ishdan buladi uzbektondan
kelsilgan uyin bor ekan va faqat bir klupga yordam berish oqibat shu minimch jahon chepontiga ham borolmay qolsak vadim Abramuchni ham koyladi
Dilshod Muratov
28/01/2020 21:34
Endi nima foydasi bor .
Buladigan ish bulib buldi uje .
Vohid Shabaev
28/01/2020 18:04
Натижа учун мураббий жавобгар булганидан кейин,айбдор хам мураббий буладида.Уйинчиларнинг салохияти юкорилиги куриниб турибдику.