
Hakamlar Tursunoy Rahimovani mag‘lubiyatini qayd etishdi
Amman shahrida davom etayotgan litsenzion turnirning bugungi kun dasturidan o‘rin olgan janglarda navbatdagi o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi. -51 kg vazn toifasidagi chorak final bahsida Tursunoy Rahimova xitoy taypeyilik Xuang Siao Ven bilan jang olib bordi. Mazkur vaznda 6 ta yo‘llanma o‘ynalmoqda. Turgan gapki, ushbu jang g‘olibi yarim finalga yo‘l olish bilan birga Tokio Olimpiadasiga litsenziyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga kiritardi. Mag‘lub bokschi esa o‘tish bosqichida yana bitta jangda g‘alaba qozonib, yo‘llanmalardan birini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega.
Jang juda keskin va shiddatli ko‘rinish oldi. Tursunoy ham ajoyib va chiroyli harakat qildi. Biroq hakamlar ustunlikni taypeyilik bokschi qizga berishdi. Vakilamiz garchi mag‘lub bo‘lsada, u qanday salohiyatga ega ekanligini ko‘rsata oldi va o‘z o‘rnida unda yana imkoniyat mavjud.
Fikrlar