Habib Nurmagomedovning murabbiyi To‘lqin Qilichevga o‘ziga xos baho berdi (Video)

  • 2 noyabr, 2020, 22:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, Habib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendes Toshkentga tashrif buyurgandi. U poytaxtimizda bir qator tadbirlarda ishtirok etdi. Jumladan, jurnalistlar ishtirokida matbuot anjumani tashkil qilindi. Shuningdek, yosh sportchilarga mahorat darslari o‘tdi.

Albatta, uning jahon MMA olamida tutgan o‘rni juda yuqori... Chunki, birgina Habib Nurmagomedovning erishgan natijalari ham bunga misol bo‘la oladi. U shunchalik mashhur inson bo‘lsa-da, kamtarinligi barobarida o‘rganishdan qochmasliginini bildirib o‘tdi. Bunga O‘zbekiston boks terma jamoasi katta murabbiyi To‘lqin Qilichevga bergan bahosi ham misol bo‘la oladi. 

To‘lqin Qilichevning "Mendes afsona undan o‘rganadiganlarimiz bor", - degan so‘zlariga, Nurmagomedovning murabbiyi "Aksincha, undan o‘rganaman. Buning murabbiylik uslublarini kuzatib boraman va Instagram sahifasiga a’zo bo‘lganman", deya javob berdi.
Quyida, ushbu video lavhani o‘zingiz tomosha qilishingiz mumkin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!