
Habib Nurmagomedov O‘runov jamoasini qo‘llab-quvvatlaydi!
UFC chempioni Habib Nurmagomedov o‘zbekistonlik legioner Oston O‘runov o‘ynaydigan “Spartak” muxlisi ekanini bildirib, jamoaning joriy mavsumdagi o‘yinlariga baho berdi.
- “Spartak” jamoasiga muxlislik otamdan meros. Jamoa mavsumni yaxshi boshladi. Uyog‘iga nima bo‘ladi, buni hech kim bilmaydi. Chempionlik haqida gapirishga hali juda erta. Tedesko bilan esa, tanish emasmiz, - dedi Habib Nurmagomedov.
“Spartak” musobaqa jadvalida 14 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Oston O‘runov jamoasi navbatdagi uchrashuvni 13 sentyabr kuni mehmonda TsSKAga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar