Gyuler: "Real" afsonasiga aylanishni xohlayman"

  • 7 iyul, 2023, 15:58
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi yangi futbolchisi Arda Gyuler kelajakda “qirollik klubi” afsonasiga aylanishga umid bildirdi. Turkiyalik futbolchi Karlo Anchelotti jamoasida 24-raqamda o‘ynashi malum bo‘ldi.

Tecno

"Avvalo, oilamga va bu klubga kelishimga yordam bergan insonlarga rahmat aytmoqchiman. Kelajakda "Real" Madrid afsonasiga aylanishni xohlayman. Hammasi uchun rahmat”, - dedi 18 yoshli yarim himoyachi taqdimot marosimida.

Avvalroq, Gyulerda "Barselona"ga o‘tish imkoniyati bor edi, ammo yakunda "Real" poygada g‘olib chiqdi. Yarim himoyachining transfer narxi 20 million evro atrofida edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!