Gvardiolaning jahli chiqdi

  • 5 oktabr, 2024, 12:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 2025 yilning 15 iyunidan 13 iyuliga qadar bo‘lib o‘tadigan Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida “shaharliklar” va “Chelsi”ning ishtiroki tufayli Angliya Premer-ligasining 2025/2026 yilgi mavsum startini biroz kechiktirish bo‘yicha yuborgan taklifidan bosh tortgani uchun liga rahbariyatini tanqid qildi.

Tecno

“Premer-liga bizga va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etuvchi boshqa klublarga futbolchilar tiklanishi uchun dastlabki ikki tur o‘yinlarini keyinroqqa qoldirishga ruxsat bermadi. “Katta rahmat!”

Agar ular bu o‘yinlar boshqa kunga qo‘yilmasa, bizning boshimiz qotadi. Hozircha bu vaziyatga javobim yo‘q. Chunki men faoliyatim davomida bunday holatga duch kelmaganman. O‘ylaymanki, biz sog‘lom fikrni qo‘llagan holda qaror qabul qilamiz.

Klub Premer-ligadan dastlabki ikki o‘yinni bir, ikki yoki uch haftaga kechiktirishni so‘radi, ammo bu qat’iyan rad etildi”, - dedi Gvardiola City Xtra nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!