
Gvardiolani tiz cho‘ktirgan jamoa rekord o‘rnatdi
Angliyaning amaldagi chempioni “Manchester Siti” 17-turda “Aston Villa” maydoniga o‘yinda raqibga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bu natija mezbonlar uchun rekord sifatida qayd etdi. “Aston Villa” o‘z tarixida ilk bor amaldagi chempionni ketma-ket ikki marotaba mag‘lubiyatga uchratdi.
Unai Emeri shogirdlari o‘tgan yilning 6 dekabr kuni o‘z muxlislari guvohligida “shaharliklar”ni kichik hisobda taslim qilgandi. Mana oradan bir yil o‘tib, jamoa bu vazifani ikkinchi bor uddaladi.
Xosep Gvardiola jamoasini inqirozdan olib chiqa olgani yo‘q. Manchesterliklar so‘nggi 12 ta uchrashuvdan to‘qqiztasini boy berdi, faqat bitta g‘alabaga erishib, ikki bor durang o‘ynadi.
Fikrlar