Gvardiola “Siti” himoyasini mustahkamlash uchun Italiyadan futbolchi olib keladi

  • 4 oktabr, 2023, 09:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa himoya chizig‘ni mustahkamlash kerak, degan xulosaga keldi.

Tecno

“Shaharliklar bu pozitsiyaga “Inter”da o‘ynayotgan Federiko Dimarkoni munosib, deb hisoblamoqda.

25 yoshli italiyalik himoyachiga anchadan beri “Chelsi” ham ko‘z tikib kelmoqda.

Federko Dimarko joriy mavsumda oltita uchrashuvda maydonga tushib, himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari, raqib darvozasiga bitta gol urdi va jamoadoshlariga uchta golli pas uzatdi.

Uning milanliklar bilan hamkorlik shartnomasi 2026 yilning yarmigacha tuzilgan. Himoyachining transfer summasi 35 million evroga baholanyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Muhammad Shox
04/10/2023 12:58
Қари тулкидай ўйинчи танлашни билади, Димарко зўр имоячи