
Gvardiola Xolanddan nima xohlaydi?
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APL doirasida "Lester"ga qarshi bahsda (3:1) dubl qayd etgan hujumchi Erling Xoland haqida gapirdi.
“Men Erling barcha mumkin bo‘lgan rekordlarni yangilashini istardim. Bu uning "Manchester Siti"ga yordam beradigan ko‘plab gollar urishini anglatadi. Ishonchim komilki, u chempionlikni qo‘lga kiritishni xohlaydi”, - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli Xoland Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 28 ta o‘yin o‘tkazib, 32 ta gol (6 tasi penaltidan) va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar