Gvardiola: Uni o‘g‘limdek ko‘rardim, qilgan ishi yuragimga og‘ir botdi

  • 1 mart, 2021, 08:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Goal.com" sayti "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiolaning Erik Garsiya borasida bildirgan fikrlarini e’lon qildi:

Tecno

"Erik Garsiyani o‘g‘limdek ko‘raman. U o‘tgan mavsum yakunida mudofaa markazimizning eng ishonchli vakili bo‘lgandi. U "Barselona"da o‘ynamoqchi. Erik o‘rtacha darajadagi emas, top-futbolchi. U so‘nggi ikki uchrashuvda qaydnomaga kiritilmadi va uning ketish istagi yuragimga og‘ir botyapti", - dedi ispaniyalik mutaxassis. 

Erik Garsiya "La Masiya" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Himoyadagi muammolarni hal etish uchun kataloniyaliklar uni klubga qaytarmoqchi bo‘lib turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!