
Gvardiola “Siti”ga yangi futbolchi tanladi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yozgi transferlar vaqtida qanot himoyachisi Joau Kanselu o‘rniga boshqa futbolchi olib keladi.
Ispaniyalik mutaxassis bilan kelisha olmay qolgan Kanselu “Bavariya”ga ijaraga jo‘natilgan va mavsum yakunlangach, “Siti”ga qaytmoqchi emas.
Football Insider nashrining ma’lum qilishicha, Xosep Gvardiola ham portugaliyalik o‘yinchining qaytishiga qarshi.
Manbaning ta’kidlashicha, Gvardiola uning o‘rniga “Chelsi” vakili Ben Chiluellni olib kelish bo‘yicha yakuniy qarorga kelgan.
26 yoshli futbolchini qo‘lga kiritish uchun “shaharliklar” London klubiga 40 million evro atrofida pul berishi kerak.
Fikrlar