
Gvardiola "Siti"ga "Real" sardorini olib kelmoqchi
"Manchester Siti" "Real" sardori Serxio Ramosni tarkibga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda ESPN nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, APL klubi 34 yoshli ispaniyalik himoyachisi yozda, ya’ni u erkin agentga aylanganida qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda. Aytish kerakki, Ramosni shaxsan “Siti” ustozi Xosep Gvardiola o‘z jamoasida ko‘rmoqchi. Boisi, Pep Serxioning muxlisi hisoblanadi.
Ramos joriy mavsum “Real” safida 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar