Gvardiola “Siti”dan qachon ketishi ma’lum bo‘ldi

  • 11 noyabr, 2024, 12:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kelajagi bo‘yicha muayyan rejalarni tuzib oldi va shu bo‘yicha harakat qiladigan bo‘lyapti.

Tecno

The Athletic nashrining ma’lum qilishicha, “shaharliklar” ispaniyalik mutaxassis klub bilan yozda tugaydigan shartnomani yana bir mavsumga uzaytirishiga ishonmoqda.

Shundan keyin Gvardiola klublar miqyosidagi faoliyatini yakunlab, terma jamoalarda ishlashni boshlaydi. Manba ko‘ra, Gvardiola 2026 yili biror mamlakat terma jamoasini qabul qilib olib, uni 2030 yilgi jahon chempionatiga tayyorlashni maqsad qilgan.

So‘nggi xabarlarga qaraganda, 53 yoshli mutaxassisga Braziliya futbol federatsiyasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Gvardiolaning o‘zi ham dunyoning eng kuchli terma jamoalaridan birini boshqarishga qarshi emas.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!