Gvardiola "Siti" uchun ideal himoyachi topdi

  • 4 mart, 06:03
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" yozgi transfer oynasida chap qanot himoyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Tecno

"Shaharliklar" avval xabar qilinganidek, "Milan" futbolchisi Teo Ernandesga qiziqish bildirmoqda. EsDiario nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, bosh murabbiy Xosep Gvardiola frantsuz himoyachisini chap qanot uchun ideal variant deb biladi.

Angliya grandi himoyachi uchun taxminan 35 million evro taklif qilishga tayyor.

Ernandesning "rossoneri" bilan shartnomasi 2026 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi. Transfermarkt portali 27 yoshli futbolchining transfer narxini 50 million evroga baholamoqda.

Joriy mavsumda Teo "Milan" safida 37 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!