Gvardiola shogirdini Messi darajasiga ko‘tardi

  • 3 may, 06:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining 35-turida “Manchester Siti” futbolchilari o‘z muxlislari guvohligida “Vulverxempton” ustidan kichik hisobda g‘alaba qozonib, Evropa Chempionlar ligasi sari katta qadam tashladi.

Tecno

“Shaharliklar”ga uch ochko keltirgan yagona gol Kevin de Bryuyne hisobiga yozildi. Aniq zarba belgiyalik o‘yinchiga ajoyib natija keltirdi.

Kevin de Bryuyne Xosep Gvardiola qo‘l ostida o‘ynagan futbolchilar orasida "Barselona"da o‘ynagan Lionel Messidan keyin “gol+pal” tizimida 150 ball jamg‘argan ikkinchi o‘yinchiga aylandi.

Kevin de Bryuyna jamoaga ispaniyalik mutaxassisdan bir yil oldin – 2015 yili kelgan. Bir mavsum Manuel Pellegrini boshqaruvida to‘p tepgan pleymeyker 16 ta gol va 13 ta assist qayd etgandi.

Jamoani Gvardiola qabul qilib olganidan keyin Kevin to‘qqiz mavsum davomida 92 ta gol va 158 ta assist qayd etdi.

30 iyun kuni klub bilan shartnomasi tugaydigan Kevin de Bryuyne “Manchester Siti”ni tark etadi. U Xosep Gvardiola Manchesterga kelganidan beri hozirgacha birga ishlab kelayotgan yagona o‘yinchidir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!