
Gvardiola shogirdi “Milan”ga o‘tishdan bosh tortdi
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva Angliyadagi turmush tarziga ko‘nika olmayotgani bois boshqa chempionatga o‘tish istagini bildirgan edi.
Iste’dodli futbolchiga “Milan” xaridor bo‘ldi. Ma’lumotlarga qaraganda, klublar Silva transferi bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishgan. Biroq, Bernardu Milanga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘lmayapti.
Bernardu Silvaga “Tottenxem” va “Atletiko”dan qiziqish bor.
2017 yili 50 million evro evaziga “Monako”dan “Siti”ga transfer qilingan portugaliyalik hujumkor futbolchi shu kunga qadar 203 ta uchrashuvda qatnashib, 35 ta gol va 44 ta golli pas muallifi bo‘ldi.
Fikrlar