
Gvardiola sevimli shogirdidan voz kechdi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa vingeri Leroy Sane klubni tark etishini tasdiqladi.
- Leroy shartnomani uzaytirishni istamadi. U boshqa klubda o‘ynamoqchi. Yozda o‘ziga ma’qul jamoa topilsa, ketadi. Agar o‘xshamasa, kelasi yili shartnomasi tugashi bilan bizni tark etadi, - dedi Gvardiola.
24 yoshli futbolchiga “Bavariya” da’vogarlik qilmoqda. Manchesterliklar Sanening transferini 70 million evroga baholagan.
Fikrlar