Gvardiola: Sancho bir qarorga kelib bo‘lgan

  • 2 iyul, 2020, 13:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Borussiya Dortmund" xavbeki Jeydon Sanchoning angliyaliklar tarkibiga qaytishi borasida to‘xtalib o‘tdi.

Tecno

"Sancho "Siti"dan ketishga qaror qilib bo‘lgan, endi nima uchun yana ortga qaytishi kerak? Bunda hech qanday ma’no yo‘q. U "Borussiya"ga vaqti kelib "Siti"ga qaytish uchun ketgan deb o‘ylamayman.

Bizga uzoq yillar to‘p suradigan futbolchilar kerak. Chunki kimdir ketsa, uning o‘rnini boshqa bir futbolchi bilan to‘ldirish kerak bo‘ladi", - deydi Gvardiola.

Joriy mavsumda Sancho Germaniya chempionatida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 gol va 16 golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!