
Gvardiola “Real”ning superhujumchisini olish yo‘lini topdi
“Manchester Siti” tarkibni yangilash jarayonida hujum chizig‘ini yanada kuchaytirish yo‘llarini qidirmoqda. Xosep Gvardiola anchadan beri qanot hujumchisi pozitsiyasiga “Real” vakili Rodrigo Goesni olib kelishni rejalashtirib yuribdi.
El Chiringuito nashri jurnalisti Eduardo Indaning ma’lum qilishicha, bir muddat oldin “Manchester Siti” mutasaddilari Rodrigo bilan uchrashgan.
Suhbat chog‘ida “shaharliklar” biraziliyalik o‘yinchini Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishga uringani aytilmoqda.
Manbaga ko‘ra, “Manchester Siti” vakillari Rodrigoning roziligini olish uchun unga “Real”dan olayotganidan kattaroq maosh va o‘zi yoqtirgan pozitsiyada, ya’ni chap qanot hujumchisi sifatida to‘p tepishini kafolatlagan.
Rodrigoning madridliklar bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha davom etadi. Bu o‘yinchini olishni istagan klublar “Real”ga 100 million evrodan kam bo‘lmagan mablag‘ taklif qilishi talab etiladi.
Fikrlar