Gvardiola: "Real"ni yutsak, bu keyingi uchrashuvlar uchun katta turtki bo‘lardi"

  • 10 fevral, 19:19
  • Bilolbek Imomov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, UEFA Chempionlar ligasining pley-off bosqichi doirasida “Manchester Siti” Madridning “Real” klubi bilan kuch sinashadi. Ispaniyalik mutaxassis hisoblangan Xosep Gvardiola mazkur to‘qnashuvdan avval matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘yin va raqib haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
"Biz so‘nggi oylarda unchalik yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadik. Shu sababli, hozirgi o‘rnimizga loyiqmiz. Qur’a qanday bo‘lsa, shunday qabul qilamiz va bu sinovga tayyormiz. 
 
So‘nggi yillarda “Real Madrid” bilan bizning bahsimiz juda katta raqobatga aylanib ketdi. Biroq, tarix nuqtai nazaridan bizni taqqoslab bo‘lmaydi, ochig‘i. Shunday bo‘lsa ham, oxirgi o‘n yillikda biz yuqori darajada bo‘ldik, deb ayta olaman. 

Ular hozirgi kunda liga etakchisi va “Atletiko” hamda “Barselona” bilan chempionlik uchun kurashmoqda. Ularni mag‘lub etish uchun biz ikkita yaxshi o‘yin o‘tkazishimiz talab qilinadi. 

Albatta, biz yaxshi o‘ynashimiz mumkin, lekin oldingi yillardagidek barqaror emasmiz. Ammo so‘nggi o‘n yil davomida juda yaxshi o‘yin ko‘rsatgan futbolchilarga ishonchim balandligini inkor etolmayman. 
 
Madridliklarning hujumchilari juda kuchli. Ular qisqa va uzoq uzatmalar bilan o‘ynay olishadi, shuning uchun biz o‘z o‘yinimizga majburlashimiz kerak. 

Chempionlar ligasining guruh bosqichida 24 jamoa ichida 22-o‘rinda tugatsangiz, hech qanday imtiyoz talab qila olmaysiz. Kuchli sakkizlikka yaqinlashish uchun etarli ochko to‘play olmadik. Biz bunga loyiq edik. Ammo jamoamizda o‘ziga xos narsa bor. Umid qilamizki, ertaga muvaffaqiyatga erishamiz. 

Albatta, javob uchrashuvini uy maydonida, o‘z muxlislaring oldida o‘tkazgan yaxshiroq. Lekin biz bunga loyiq bo‘lmadik. 

Agar “qirollik klubi”ni yutsak, bu mavsumning qolgan qismi uchun katta turtki bo‘ladi. Qanday o‘ynashimiz kerakligini bilaman. Shu bilan birga, futbolchilarim ertangi o‘yinga intizorlik bilan tayyorgarlik ko‘rishmoqda” – dedi “shaharliklar” bosh murabbiyi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, “Manchester Siti” va “Real Madrid” klubi o‘rtasidagi bellashuv 11 fevraldan 12 fevralga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00 da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Nuriddinov Abdullox
10/02/2025 19:53
Atak zo'r gaplar gapiribi
&
Nuriddinov Abdullox
10/02/2025 19:52
Husanov borligi uchun sitiga omad tilayman
&
Nuriddinov Abdullox
10/02/2025 19:52
Real yutadi Xudo Xohlasa. Manimcha o'yin 1:2 bo'ladi