
Gvardiola “Real”dan uchralgan mag‘lubiyat sababi va aybdorini aytdi
Evropa Chempionlar ligasi pley-off o‘tish bosqichining dastlabki o‘yinida “Manchester Siti” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Real”ni qabul qildi.
Garchi uchrashuvda Erling Xoland mezbonlarni ikki marotaba oldinga olib chiqqan bo‘lsa-da, madridliklar g‘alabani ilib ketdi. Karlo Anchelotti shogirdlari urgan uchta gol Kilian Mbappe, Braim Dias va Jud Bellingem hisobiga yozildi.
Bellashuvdan keyin Xosep Gvardiola mag‘lubiyat sababini aytib, javobgarlikni birinchi navbatda o‘z zimmasiga oldi.
- Bunaqasi joriy mavsumda juda ko‘p sodir bo‘lmoqda. Haddan tashqari ko‘p. Gap shundaki, bularning hammasi murabbiyning yomon qarorlari natijasidir. Bori shu.
Biz ijobiy natijani qo‘lga kiritishga juda yaqin turgan edik, lekin so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordik va hatto durangni ham ushlab qola olmadik. Bunga javobgarlik hammamizning bo‘ynimizda. O‘yin tizimlarimiz avvalgidek samara bermayotganini tan olaman. Aybni bir o‘yinchiga to‘nkash oson, lekin bunday qilib bo‘lmaydi. Hamma aybdor, birinchi navbatda, o‘zim. Hamma gap biz barqarorlikka erisha olmayotganimizda,- dedi Xosep Gvardiola.
Evropa Chempionlar ligasida ishtirok etish imkoniyaga ega bo‘lgan yagona o‘zbek futbolchisi Abduqodir Husanov bu gal zaxirada qoldirildi.
Endi legionerimizni 19 fevral kuni Madridda bo‘ladigan javob uchrashuvida maydonga tushishini kutib qolamiz.
Fikrlar