
Gvardiola: Raqiblar "Manchester Siti"ni er yuzidan yo‘q qilib yuborishmoqchi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning aytishicha, bir qator ingliz klublari "shaharliklar"ni liganing moliyaviy qoidalarini buzganliklari uchun jazolamoqchi.
“Men har doim klubimni himoya qilaman, ayniqsa shunday kunlarda. Aftidan, hamma bizni Premer-ligadan chetlatilishimizni emas, balki «Manchester Siti»ning er yuzidan yo‘q qilinishini istayapti. Hammasi oddiy, jamoamiz so‘nggi paytlarda boshqalardan ko‘ra ko‘proq muvaffaqiyatli kunlarni o‘tkazdi”, - deya ispaniyalik murabbiyning so‘zlarini keltirdi Daily Mail.
“Manchester Siti” APLning o‘tgan to‘rtta o‘yinidan so‘ng 12 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlar qatorida bormoqda. “Shaharliklar” bugun 5-tur doirasida o‘z maydonida “Arsenal”ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.
Fikrlar