Gvardiola: O‘yinchilarni ko‘rgani ko‘zim yo‘q, ular ham mendan bezor

  • 5 mart, 2023, 18:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premer-ligasida “Nyukasl”ga qarshi o‘tkazilgan g‘alabali o‘yindan keyin shogirdlariga ikki kun dam berishga qaror qildi. Ispaniyalik murabbiy buni quyidagicha izohladi.

Tecno

- Jamoamiz hordiq chiqarishi uchun ikki kun vaqimiz bo‘ladi. Hamma uyiga ketadi. Men o‘yinchilarni ko‘rgim kelmayapti. Ular ham mendan bezor bo‘lgan.  Ikki kun bir birimizdan dam olib, keyin ishga qaytamiz.

Xalqaro tanaffusgacha olti kun ichida uchta turnirda uchta uchrashuvda maydonga tushishimiz kerak. Bizni “Kristal Pelas”, “Leyptsig” va “Byornli” bilan to‘qnashuv kutib turibdi. Bu bahslar mavsumdagi imkoniyatlarimizni belgilab beradi, - dedi Xosep Gvardiola.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, “Manchester Siti” uchta turnir – Angliya chempionati, mamlakat kubogi va Chempionlar ligasida bosh sovrin uchun kurashmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!