
Gvardiola nega "Siti"ni tanladi?
Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite lavozimidan ketishini e’lon qilgandi.
Ayni paytda Braziliya futbol federatsiyasi milliy jamoani boshqaradigan mutaxassis qidirmoqda. Nomzodlar orasida Xosep Gvardiola ham bor edi.
Biroq, ispaniyalik mutaxassis besh karra jahon chempioni bo‘lgan mamlakat terma jamoasini boshqarishdan bosh tortdi.
Gvardiola o‘z qarorini quyidagicha izohladi.
- “Manchester Siti”da yakunlanmagan ishlarim qolgan, - dedi tajribali murabbiy.
Ma’lumki, 2016 yildan beri Xosep Gvardiola harchand urinmasin “shaharliklar”ni bilan Chempionlar ligasida zafar quchishni uddalay olmayapti.
Fikrlar