
Gvardiola nega Neymarni yoqtirmaydi?
PSJ hujumchisi Neymarning xizmati bir necha Angliya klublariga taklif qilindi. Ular orasida mamlakatning amaldagi chempioni “Manchester Siti” ham bor.
Biroq, “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng zo‘r to‘purarga aylangan Neymarni jamoasiga yaqinlashtirmaslikka qaror qildi.
El Nacional nashrining ma’lum qilishicha, Xosep Gvardiolaning 31 yoshli hujumchiga e’tirozi ko‘p.
Xususan, ispaniyalik mutaxassisga Neymarning o‘zini tutishi va ishga professional darajada yondashmasligi xush kelmas ekan.
Shu bois, Gvardiola PSJ vakillarining transfer haqidagi taklifini qabul qilmadi.
Fikrlar