
Gvardiola Mourinoni ortda qoldirdi
Shu tariqa ispaniyalik mutaxassis o‘zining 26-sovrinini qo‘lga kiritdi va sovrindor murabbiylar orasida Joze Mourinoni ortda qoldirdi. 48 yoshli murabbiy bu borada Luis Felipe Skolari va Jok Steyn bilan tenglashib oldi.
Undan oldinda faqatgina ser Aleks Fergyuson (49), Mircha Luchesku (32), Valeriy Lobanovskiy (30) va Ottmar Xittsfeld (28)lar bormoqda.
Qayd etish joiz, Gvardiola 18 may kuni "shaharliklar" bilan Angliya kubogi finalida "Uotford"ni mag‘lub etsa, eng sovrindor murabbiylar qatorida 5-o‘ringa ko‘tarilib oladi.
Ma’lumot uchun, Pep "Barselona" bilan 14, "Bavariya" bilan 7 va "Siti" bilan 5 ta titulni qo‘lga kiritgan.
Fikrlar