
Gvardiola matbuot anjumanida "Siti" xavbeki ketayotganini tasdiqladi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola yarim himoyachi Leroy Sanening kelajagi bo‘yicha ma’lumot berdi.
"Kelishuv yakunlangani yo‘q, biroq barchasi Sanening "Bavariya"ga o‘tishiga qarab ketmoqda. Unga klubda o‘tkazgan yillari uchun minnatdorchilik bildiramiz. U endi "Bavariya"da yangi davrni boshlaydi.
Sane ketishni xohladi. Hammaning o‘z hayoti bor va u yangi klubda davom etishga qaror qildi. Uning qolishini istagandim, ammo Sane "Bavariya"da o‘zi uchun yaxshi bo‘ladi deb hisobladi", - aytib o‘tdi Gvardiola.
Kechagi ma’lumotlarga ko‘ra, "Bavariya" va "Manchester Siti" Sanening transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra, nemis klubi "shaharliklar"ga bonuslar bilan 60 million evro to‘laydigan bo‘ldi.
Fikrlar