Gvardiola "Manchester Siti"ning yosh futbolchisini maqtadi

  • 12 yanvar, 23:53
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Kubogi doirasida "Manchester Siti" o‘z uyida "Solford Siti" ustidan yirik 8:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "shaharliklar" safida uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan Jeyms Makatini maqtab o‘tdi.

Tecno

"Jeyms uzoq vaqtdan beri bizning akadimiyamizda. Shu bilan birga u Jeydon Sancho, Koul Palmer, Morgan Rojers kabi futbolchilar bilan birga shug‘ullangan. U akademiyadagi eng katta iste’dodlardan biri. Bundan tashqari, yuqorida sanab o‘tgan futbolchilarning sardori ham hisoblangan. Albatta, biz bilan birga ekanligidan xursandman" - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, 22 yoshli yarimhimoyachi "Solford"ga qarshi bellashuvda xet-trik muallifiga aylangan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!