
Gvardiola “Manchester Siti”ning “nozik” nuqtasini aytdi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola joriy mavsumda jamoa o‘yinchilari duch kelayotgan muammolar haqida to‘xtaldi.
- Raqiblar bizdan jismonan kuchli. Ligadagi barcha jamoalar, xususan, “Brayton” va “Bornmut” ham jismoniy ko‘rsatkichlar bo‘yicha bizdan ustun.
Jamoamizda ligadagi eng kuchli va tezkor o‘yinchilar bor edi, lekin ular turli sabablarga ko‘ra, biz bilan birga emas. Endi biz to‘p bilash ishlash bo‘yicha avvalgi darajamizga chiqishimiz kerak, - dedi Xosep Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” ketma-ket to‘rt marotaba Angliya chempionatida g‘olib chiqib, bu borada Premer-liga rekordini o‘rnatdi. Biroq joriy mavsumdagi inqiroz tufayli Xosep Gvardiola shogirdlari bu gal chempionlik uchun kurashni juda erta tugatdi.
Fikrlar