Gvardiola “Manchester Siti”ning eng katta kamchiligini aytdi

  • 24 oktabr, 21:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xosep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” ikki oydan beri mag‘lubiyatga uchramayapti va barcha turnirlarda qatorasiga to‘qqizta uchrashuvdan beri ijobiy natija qayd etib kelmoqda.

Tecno

Shunga qaramay, ispaniyalik mutaxassis jamoasi hali muammolar borligi va ularni bartaraf etish muhim ekanini alohida ta’kidladi.

- Jamoamizda ijobiy holat kuzatilyapti, biroq shunga yarasha muammolar ham yo‘q emas. Biz 90 daqiqa davomida barqaror o‘ynashni ta’minlay olmayapmiz. Biz raqiblarni anglab o‘ynashimiz kerak.

Biz to‘g‘ri yo‘ldan boryapmiz va mana shu yo‘nalish bizga barqarorlik ham olib keladi. Biz 95 daqiqa davomida yaxshi o‘ynaydigan darajaga chiqishimiz lozim. Hozirning o‘zida yaxshi o‘yin namoyish qilyapmiz, ammo bundan ham zo‘r o‘ynashimiz shart, - dedi Xosep Gvardiola.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!